Tarixga nazar! Ishchi-muhojirlar bilan to‘lib-toshgan Pekin ostidagi shahar

Tarixga nazar! Ishchi-muhojirlar bilan to‘lib-toshgan Pekin ostidagi shahar

1969 yilda Xitoy kommunistik partiyasi raisi Mao Szedun chaqirig‘i bilin Pekin aholisi Sovet bombasidan himoyalanish uchun bombapanoh qurishga kirishdi. “Chuqur tunellar qazing, oziq-ovqat g‘amlab oling, urushga tayyorlaning”, deb da’vat etdi Xitoy hukmdori.

Bundan oldin Damansk orolida Sovet va Xitoy qo‘shinlari o‘rtasida shafqatsiz jang bo‘lgandi. Sovet ittifoqi Mao armiyasiga katta talafot yetkazdi. Xitoy Sovet ittifoqi yadro zarbasi berishidan xavfsirab qoldi.

Xitoy poytaxti ostida rekord muddatda 300 ming ishchi 20 mingta yerosti bunkeri bo‘lgan shaharchalar kovladi. Mao o‘limidan keyin hukumat yerosti ob’ektini daromad keltiradigan maskanga aylantirishga qaror qildi. U yerda yuzlab yotoqxonalar, hatto kinoteatrlar ochildi. Yerosti yotoqxonalarini bir necha marta yopishga urinishdi. Biroq xalq ommasi noroziligidan cho‘chigan hokimiyat bunga jur’at qilolmadi.

Hozirda Pekin ostidagi shahar yer ustidan boshpana topa olmagan ko‘psonli ishchi-muhojirlar va boshqa odamlar bilan to‘lib-toshgan. Yerostida odamlar o‘nlab yillar yashaydi, shu yerda tug‘iladi, o‘ladi.

Tunnelga kiriladigan joyda barcha qulayliklarga ega turar joylar qad rostlagan. Biroq narxi qimmatligidan ular bo‘sh turibdi. Yerostida yashash maydoni esa bo‘sh turmaydi. Torgina xonada turishga, ikki qavatli krovatda uxlashga to‘g‘ri keladi. Ayrim xonalarda 10 kishigacha yashaydi. Shunga qaramay, bu yerdan panoh topayotgan qochoqlar, muhojirlar yerosti yuqoridagi sharoitdan yaxshi, deb hisoblashadi. Ulkan megapolisda bu joy eng arzon  turar joy.

“Mir novostey” (2020 yil, 33-son) asosida T.Murod tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!