Tarixga nazar! Fransiyaning XXI asrdagi mustamlakachilik siyosati

A A A
Tarixga nazar! Fransiyaning XXI asrdagi mustamlakachilik siyosati

Fransiya hozirgi kunda ham 20 ga yaqin Afrika mamlakatlarida, bu mamlakatlar mustaqil, ularning o‘z bayrog‘i, madhiyasi va chegaralari bor bo‘lsa-da, hukmronlik qilmoqda. Fransiya XXI asrdagi mustamlakachilik siyosatini o‘zgartirib, barcha sobiq koloniyalariga "shartli mustaqillik" taqdim etdi. Shartli mustaqillikni nima ekanligini quyida o‘rganib chiqamiz.

Fransiya Jazoirni tark etganda, prezident de Goll shunday degan edi:

"Biz Jazoirni tark etamiz, ammo o‘z o‘rnimizda qoldirgan hukmron elita bizning manfaatlarimizni bizdan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi".

Barcha sir shu so‘zlarda yashiringan edi

Fransiya o‘nlab yillar davomida Afrikaning 20 ga yaqin davlatini talon-toroj qilib, o‘zi farovon yashadi. Ular Ikkinchi Jahon urushidan keyin endi ushbu mustamlakalarni ushlab tura olmasliklarini angladilar. Va ular yangi mustamlakachilik uslubiga o‘tishga qaror qildilar: “shartli mustaqillik”. Bu to‘liq illyuziya edi.

Fransiya o‘z mustamlakalarini tark etganida, ulardan 3 ta narsa talab qilgan:

Rasmiy tili fransuz tili bo‘lishi, Fransiya ta’lim tizimini barpo etilishi, konchilik siyosati, pul tizimi va huquqiy tizim Fransiya aytganidek bo‘lishi.

Hamma mustamlakalar rozi bo‘ldi. Qabul qilmaganlar esa, kuch ishlatish, qotillik va shantajga duchor bo‘ldi.

Fransiya ushbu mamlakatlarda fransuz tilini yoyish uchun juda ko‘p harakat qildi. Ular fransuz tili orqali fransuz madaniyati va Fransiyaga yaqinlik hissini tarqatishdi. Hatto yeyishga non topolmagan qishloqlar aholisiga fransuz tilini o‘rganish uchun kitoblar berildi. Til – manqurtlashtirish uchun asosiy vosita ekanligiga e’tibor kuchaytirildi.

Fransiya Senegal, Chad, Niger, Gvineya, Kamerun, Jazoir, Tunis, Kongo va Kot-d’Ivuar singari davlatlarda yangi fransuz radiokanallarini, kitoblarini, telekanallarini, jurnallarini va o‘yinlarini yaratdi.

Ushbu mamlakatlarda fransuz tilida mamlakatning ona tilidan yaxshiroq gapirishadi. Shunday qilib, fransuz tilida gapirish mukammallik va ustunlik sifatida qabul qilinadi. Ushbu tushunchani Fransiya singdirdi. Ular mamlakatni boshqarish va ularni ekspluatasiya qilish uchun o‘zlari yaratgan ta’lim tizimida o‘qitilgan odamlarni olib kelishda davom etishdi.

Fransiya tomonidan Jazoirga tayinlangan fransuz gubernatori shunday degan:

"Biz jazoirliklarni toki ular Qur’on o‘qir ekan va arab tilida gaplashar ekan, ularni mag‘lub eta olmaymiz. Ularning qo‘lidan Qur’onni va arab tilini olib tashlashimiz kerak".

Ular ushbu siyosatni Jazoirda amalga oshirdilar.

Fransiya Afrikada Frankofoniya uyushmasini tuzdi. Frankofoniya fransuz tilida gaplashuvchi mamlakatlar uyushmasi. Ushbu mamlakatlar rahbarlari Fransiya rahbarligi ostida muntazam ravishda uchrashib, amalga oshiriladigan siyosatni belgilaydilar.

Til yordamida qanday qilib mamlakatlarni zabt etish mana bunday bo‘ladi!

Fransiyaga Afrikani iqtisodiy nazorat ostida ushlab turishga imkon beradigan eng muhim omil - bu Fransiyaning mustamlaka franki (CFA) –Fransiya pul tizimi. “CFA”ning eng kichik muxoliflari yo korrupsiyada ayblanib qamoqqa tashlangan yoki o‘sha mamlakatlarda tartibsizliklar boshlangan.

CFA dasturining natijalari chindan ham dahshatli. Gvineya-Bisau, Ekvatorial Gvineya, Burkina-Faso, Benin, Niger, Mali, Senegal, Togo, Gabon, Chad, Kongo, Kamerun va Markaziy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlar tomonidan qo‘llanilayotgan CFA dasturi bu mamlakatlarni qashshoq va umidsiz holda qoldirgan.

Fransiya hukumati Afrika davlatlarining suverenitetini ochiqchasiga cheklaydi, ularning ichki ishlariga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Va buni xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan mexanizmlar orqali qonuniy ravishda amalga oshiradi.

"Xudoga shukurki, bizning hamyonimizdagi pullarning aksariyati biz asrlar davomida ekspluatasiya qilib kelgan Afrikadan keladi", degan edi Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak.

Afrika mamlakatlarining jami oltin-valyuta jamg‘armasi 14 milliard dollardan oshadi, Fransiya uning deyarli 10 milliard dollarni o‘z ixtiyoriga oladi. U ularni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish, sarmoya kiritish va foizlar bilan qarz berish huquqiga ega. Shu jumladan afrikaliklarning o‘zlari ham Fransiyadan qarz so‘rasalar, Fransiya Moliya vazirligining hurmatli janoblari ularga tijorat stavkalari bo‘yicha qarz berishadi.

To‘g‘ri, Fransiya CFA mamlakatlariga qarzlarni faqat Fransiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga sarflash sharti bilan beradi va Afrika hukumatlari fransuz kompaniyalari ishiga ustuvor ahamiyat berishadi. “Total” va “Orano” kabi fransuz transmilliy korporasiyalari neft, gaz, uran, olmos, oltin va temirga boy bo‘lgan sobiq mustamlakalarining tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega.

Fransiya hukumati ularning aralashuvi tufayli mamlakatlar barqaror valyutalarga ega bo‘layotganligini iddao qilsa-da, Frank zonasiga a’zolik uzoq davom etgan turg‘unlikda bo‘lgan Afrika iqtisodiyotiga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda. Valyuta ittifoqining 7 mamlakati dunyodagi eng qashshoq bo‘lib qolmoqda va ularning aholisining 2/3 qismi kuniga 2 dollardan kamiga yashashga majbur.

Fransiya 1961 yildan beri Afrikaning 14 mamlakati milliy valyutasi va zaxiralarini o‘zida saqlab kelmoqda!

Fransiya ushbu mamlakatlardan har yili 500 milliard dollar oladi. Markaziy banklar Fransiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu mamlakatlar o‘z pullariga egalik qila olmaydi. Ularga faqat pullarining 15 foizini olishga ruxsat berilgan.

Ushbu mamlakatlarning barcha asosiy iqtisodiy aktivlari fransuzlar qo‘lida. Masalan, Kot-d’Ivuarda fransuz kompaniyalari suv, elektr energiyasi, telefon, transport, portlar va yirik banklar kabi barcha asosiy xizmatlarni nazorat qiladi. Shuningdek, savdo, qurilish va qishloq xo‘jaligida ham fransuzlar qo‘lida.

Ushbu Afrika mamlakatlari Fransiyaning davlat xaridlari manfaatlarini himoya qilishlari va fransuz kompaniyalariga ustuvor ahamiyat berishlari kerak. Fransuz kompaniyalari davlat shartnomalarida eng yuqori ustuvorlikka ega. Agar bu shartlar bajarilmasa, ular qattiq jazolanadi.

O‘ylab ko‘ring: hatto fransuz mustamlakalaridan birining fuqarosi boshqa mamlakatga borishni xohlasa, u yerga Parij orqali borishi kerak edi. Turli mamlakatlar aviakompaniyalarining kuchayishi bilan afrikaliklar turli yo‘nalishlardan foydalanishni boshladilar va Fransiyadan boshqa mamlakatlar ham mavjudligini kashf etdilar.

Bugun Turkish Airlines butun Afrika bo‘ylab parvoz qilmoqda. Endi barcha transferlar Istanbul orqali amalga oshiriladi. Bu Fransiyaning vaqti-vaqti bilan Turkiyaga qarshi hujumlarining sabablaridan biridir. Fransuzlarga juda noqulay bo‘lib qoldi.

Gvineya musulmonlari yetakchisi Seku Ture Fransiya mustamlakasini tark etib, o‘z davlatini to‘la mustaqillikka olib borishga qaror qilganida, Parijdagi fransuz mustamlakachilar elitasi g‘azablanib, Gvineyadagi fransuz ma’muriyati mamlakatdagi hamma narsani yo‘q qildi: Gvineya talon-taroj qilindi.

Togo Respublikasi Prezidenti Silvanus Olimpio CFA tarkibidan chiqib, o‘z pullarini chop etishga qaror qildi. U 1963 yilda, o‘z mamlakati pullarini bosib chiqargandan uch kun o‘tib, o‘ldirildi. Fransiya uni o‘ldirib, boshqa mamlakatlarni ham qo‘rqitib qo‘ydi.

Mali Respublikasi prezidenti Modibo Keyta ham CFA tarkibidan chiqishga qaror qildi. U 1968 yilda fransuzparast askarlarning to‘ntarishi bilan ag‘darilib zararsizlantirildi. Fransiya hech qachon afrikaliklarga o‘zlarining pul tizimlaridan, CFAdan chiqishga hech qachon yo‘l qo‘ymagan.

So‘nggi 50 yil ichida Afrikaning 26 davlatida 67 ta davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Ularning aksariyati Fransiyaning sobiq mustamlakalari bo‘lgan mamlakatlar. Ushbu to‘ntarishlar va suiqasdlar tufayli Fransiya hukmronlik qilishda va mamlakatlarni ekspluatasiya qilishni davom etmoqda.

1992 yilda fransuzlarga qarshi musulmonlar Jazoirda FIS (Islomiy Najot fronti) nomli partiyani tashkil qilib, saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozonganida, Fransiya harbiylarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga va Jazoirda 200 ming kishini o‘ldirishga majbur qildi. Bu yaqinda sodir bo‘ldi. FIS rahbari professor Abbos Main hibsga olingan.

Mustaqillik sobiq mustamlakalar uchun illyuziya bo‘lgan. Fransiya ushbu mamlakatlarda ta’lim, iqtisod va huquq tizimini o‘rnatdi, qo‘g‘irchoqlarni tayinladi va tark etdi. Har yili Fransiyaning Afrikadagi sobiq mustamlakalarida ozodlik va mustaqillik kunini nishonlaydilar. Fransuzlar esa avvalgidan ham ko‘proq talashni davom ettirmoqda.

Uzoq 1957 yilda, o‘sha paytdagi Adliya vaziri, kelajakdagi Fransiya Prezidenti Fransua Mitteran shunday deb yozgan edi: " XXI asrda Afrikasiz Fransiyaning tarixi bo‘lmaydi". Va buni, uning oldidagi har bir Fransiya prezidenti singari, Emmanuel Makron ham yaxshi tushunadi.

Yoqub Umar tayyorladi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Putinga javob berdi: avval Ukraina, keyin Eron

АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.

44 ta elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishdan olindi

Бу ҳақда Энергетика вазирлиги хабар берди.

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.