21 sentyabr kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda Parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston prezidenti mustaqillikning 30 yilligi nishonlanayotgan kunlarda amalga oshirilgan ushbu tashrifning ahamiyati va muhimligini qayd etgan. Shuningdek, u qardosh o‘zbek xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklagan.
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.
«Prezident Sadir Japarov do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan Qirg‘iziston—O‘zbekiston munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan Prezident Sadir Japarov ikki tomonlama hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi muhimligini qayd etdi», — deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonda prezident saylovini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishni tilab, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Shuningdek, Sadir Japarov O‘zbekistonning gender siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari, shu jumladan, «Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti» tashabbusiga yuqori baho bergan. Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan «Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkor ayollari muloqoti» biznes-forumiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
Tanzila Norboyeva samimiylik va mehmondo‘stlik uchun Qirg‘iziston tomoniga chin dildan minnatdorlik bildirgan. Senat rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazgan hamda O‘zbekiston rahbari ham Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Украина президенти Владимир Зеленский Хавфсизлик хизматига АҚШнинг фойдали қазилмалар бўйича сўнгги таклифи ҳақидаги махфий маълумотларнинг тарқалиб кетиши юзасидан ички текширув ўтказишни топширди.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.
“Репорт” нинг хабар беришича , бу ҳақда Австрия ташқи ишлар вазирлиги раҳбари Беате Майнл-Райзингер ҳамда Германия ташқи ишлар вазирлигининг Европа ва иқлим масалалари бўйича давлат вазири вазифасини бажарувчи Анна Люрман баёнот берди.
Генри Киссинжернинг ушбу сўзлари АҚШнинг янги божларида ўз аксини топди. Америка ўзининг азалий ҳамкорлари — Япония ва Жанубий Кореяга ва НАТО давлатларига қарши улкан божлар киритди.