Tanzila Norboyeva BAAda o‘tayotgan konferensiyasi doirasida rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

Tanzila Norboyeva BAAda o‘tayotgan konferensiyasi doirasida rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

Birlashgan Arab amirliklari (BAA)ning Dubay shahrida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (SOR-28) doirasidagi parlament yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda 30 ga yaqin parlament spikerlari va 500 nafar vakili, shuningdek, 100 nafar butun dunyo bo‘ylab parlamentlar va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etdi.

Parlamentlararo Ittifoq hamda BAA Federal Milliy Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda atrof-muhit va iqlimning dolzarb muammolarini hal qilish, jumladan, uglerod neytralligi, barqaror energiyaga o‘tish va moslashish masalalaridagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishda parlamentlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Nufuzli konferensiyada nutq so‘zlagan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Bunga Orol dengizining qurishi oqibatida 5,5 million gektardan ortiq maydonda “Orolqum” cho‘li paydo bo‘lgani, bu mintaqada qator ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarayotgani misol bo‘la oladi. BMT Bosh Assambleyasi Orol fojiasini hozirgi zamonning global ekologik muammosi sifatida tan olganiga ishtirokchilar e’tiborini qaratdi.

Senati raisi ekologik muammolarning dolzarbligi hamjihatlik va parlamentlararo hamkorlikni yanada kuchaytirishni talab qilayotganini ta’kidlab, qator takliflarni ilgari surdi.

Tadbir yakunida iqlim bilan bog‘liq qonunchilikni ishlab chiqish, iqlim bo‘yicha majburiyatlarni amalga oshirishda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash bo‘yicha davomli, istiqbolli va dalillarga asoslangan monitoring va hisobot berish mexanizmlarini yaratish, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishni moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini qamrab olgan parlamentlarning yakuniy hujjati qabul qilindi.

***

Tadbir doirasida Senat raisi Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq (PAI) bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

M.Chungong O‘zbekistonning xalqaro maydonda ilgari surayotgan tashabbuslari nafaqat mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun ham muhim ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Parlamentlar Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni amalga oshirish jarayonining ishtirokchilari hisoblanishini, joriy yilning 30 noyabr kuni Toshkentda o‘tgan BRM maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II Global forum bu borada barcha davlatlar uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro tajriba almashishda muhim platforma bo‘lganini alohida qayd etdi.

Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib oldi.

***

Tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi parlamentlari delegasiyalari a’zolari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.

Avstriya parlamenti vakillari qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, shamol energiyasidan foydalanish yo‘nalishida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Islandiya delegasiyasi rahbari bilan uchrashuvda parlamentlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi. Islandiya tomoni Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Polsha Senati a’zosi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ekologik muammolarning oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi. Polsha tomoni Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlashda YEIning ijtimoiy jamg‘armasi bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi. Shuningdek, cho‘llanib borayotgan hududlarda o‘rmon massivlarini barpo etishda o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Ruminiya parlamenti vakili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish masalasi ustuvor bo‘ldi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda ta’lim, qishloq xo‘jaligi, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish kabi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Sloveniya delegasiyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki davlat parlamentlari a’zolari o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali parlamentlararo hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Sun’iy intellekt 2028 yilda Krishtianu Ronaldu 1000 ta golli marraga yetganida Lionel Messi qancha gol urishini bashorat qildi

«Манчестер Юнайтед»даги собиқ жамоадоши Рио Фердинанд билан мулоқотда Роналду фаолияти давомида 1000 та гол урган биринчи футболчи бўлиш истагини билдириб, шундай деган эди...

Birinchi marta! Kiyev chekinishga tayyor...

Киевда уруш бошланганидан бери биринчи марта Россияга ҳудудий имтиёзлар бериш масаласи муҳокама қилинди.

Evropa Ukrainani ham Isroilni ham xursand qiladigan qaror qabul qildi

Ғарб томонидан қўлланадиган икки давлат ЕИнинг Эронга Россияга қурол етказиб бергани сабабли санкцияларини олқишлайди.

Isroil Eronga zarba berishga tayyorlanmoqda. Saudiya Arabistonining reaksiyasi

Эрон "Сионистларга ёрдам берадиган ҳар қандай давлат Эроннинг "қизил чизиғини" кесиб ўтади ва зарар кўради", демоқда.

Isroil AQShga va’da berdi: "Eronga hujum qilamiz, ammo..."

Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняху АҚШ президенти Жо Байден билан Исроилнинг Эрон ракета ҳужумига жавоб бериш мақсадлари ҳақида гаплашди.

BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

15 октябрь куни Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 саралаши доирасида БААга қарши ўйнайди.

Aholi sonining kelajakdagi o‘sishiga turtki bo‘lgan Top-10 ta davlat

2037 йилга бориб дунё аҳолиси тўққиз миллиардга етиши кутилмоқда. Хўш, бу одамлар қаэрда яшайдилар?

Mehnat migrantlari yangi usulda Rossiyaga ishga jalb qilinishi mumkin

Россия Меҳнат вазирлиги патент ўрнига ишга қабул қилишнинг ташкилий механизмини жорий қилиши мумкин.

O‘tkir Yusupov sabab «Fulad» klubi matbuot kotibi ishdan ketdi

Маълумки, дарвозабон Эрон чемпионатида иштирок этувчи «Фулад» жамосида тўп суради.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

Rossiya Idlibni bombardimon qilmoqda

Россия қуролли кучлари ҳозирда ислом қўшинлари назорати остида бўлган Идлибга зарба берди.

Kim Chen Inning noyob droni

АҚШ ҳарбийлари MQ-9 Reaper ва RQ-4 Global Hawk учун Hellfire ракетасининг "қайта ишланган нусхаси"дан фойдаланаётган янги КХДР учувчисиз аппаратини диққат билан кузатиб бормоқда.

Rossiya Qozog‘istondan samolyot so‘radi

Россия ҳукумати маҳаллий авиаташувчиларда самолётлар тақчиллиги хавфи туфайли Россия ичида йўловчи рейсларини ташкил этиш учун дўст мамлакатлардан ёрдам сўрамоқда.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 9 oydan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi (foto)

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Таиланднинг «Патум Юнайтед» клуби ҳужумчиси Игорь Сергеев январь ойида Осиё кубоги доирасидаги Австралия билан 3-тур ўйинида (1:1) тиззасидан жиддий жароҳат олиб сафдан чиққан эди.

Rossiya qo‘shinlari Kupanskka yaqinlashmoqda

Россия қўшинлари учун Харков вилоятининг Купянск шаҳрига қадар 6 километр қолди.

Lavrov Turkiyaga yetib keldi

Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Эрон , Озарбайжон , Арманистон ва Грузияни ўз ичига олган Жанубий Кавказ учун «3+3» платформасида иштирок этиш учун Туркияга ташриф буюрди . Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Turkiya Suriya bilan chegaradosh viloyatga snaryadlar tushganini ma’lum qildi

Туркиянинг Сурия билан чегарадош Килис вилоятига камида иккита снаряд тушди . Бу ҳақда CНН Турк телеканали хабар берди .

Isroil G‘azoda HAMAS yetakchisi Sinvar o‘ldirilganini tasdiqladi

Ғазодаги ХАМАС раҳбари Синварнинг йўқ қилингани Исроилда тасдиқланди.

Ikki mingdan ortiq noqonuniy muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Москвада бир ҳафта давом этган «Нолегал-2024» операциясининг иккинчи босқичи якунларига кўра, 2 мингдан ортиқ муҳожир Россиядан чиқариб юборилади, деб ёзади «РИА Новости» Россия Ички ишлар вазирлигига таяниб.

Eron yadroviy quroldan ham kuchliroq qurolga ega

Эрон ядровий қуролдан сезиларли даражада устун бўлган махфий қуролларга эга, деди Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИРГC) тараққиёт ва қуролланиш комиссиясининг собиқ котиби, бригада генерали Иброҳим Ростами.

Rossiya harbiylari Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlarining 500 nafar jangchisini qurshab oldi

Украина Қуролли Кучларининг 500 нафаргача ҳарбий хизматчиси Курск вилоятининг Любимовка шаҳрида рус ҳарбийлари томонидан қуршаб олинган.

Gollandiya Ukraina uchun o‘q-dorilar uchun 271 million yevro ajratadi

Нидерландия Киевга ўқ-дорилар етказиб бериш учун 271 миллион евро ажратади . Бу ҳақда бош вазир Дик Шоф Х ижтимоий тармоғида маълум қилди .

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarildi

Шундан сўнг у малакали тиббий ёрдам кўрсатиш мақсадида шифохонага олиб борилиб, тиббий кўрикдан ўтказилди, дейилади ФВВ хабарида.

Trampga suiqasd qilishda ayblanuvchi arman bo‘lib chiqdi

Президентликка номзод Доналд Трампга учинчи марта суиқасд қилишда айбланаётган 49 ёшли Вем Миллер Fox News Дигиталъга берган интервьюсида унга қарши айбловлар ёлғон эканини айтди.

Isroil askarlari Livan qishlog‘ini bombalab, uni nishonlayotganini suratga oldi

Исроил кучлари Ливаннинг Мҳаибиб қишлоғида катта миқдордаги портловчи моддаларни портлатди.

Andijonda Spark va Damas to‘qnashdi, mashinalar yonib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Воқеа 13-октабр куни Улуғнор туманидан ўтган Наманган—Мингбулоқ йўлида содир бўлган.

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi

Ёнғинни ўчиришда жами 14 нафар экипаж иштирок этди. Соат 18:19 да ёнғин маҳаллийлаштирилиб, 19:16 да ўчирилди.

AQSh xavotirda, ammo hech narsa qilmoqchi emas

АҚШ Шимолий Корея аскарлари Украинада Россия томонида жанг қилаётгани ҳақидаги маълумотлардан хавотирда.

Pezeshkian qotillarni to‘xtatmoqchi

Эрон президенти мусулмон давлатларини Исроилга қарши бирлашишга чақирди.

Xitoy Tayvanni "yo‘q qilish" bilan tahdid qildi

Хитой билан зиддият кучайса, Тайван «ҳалокат»га дуч келади, деди Хитой Давлат кенгаши қошидаги орол ишлари бўлими раиси Чен Бинхуа. Унинг сўзларидан Reuters иқтибос келтирмоқда.

G‘alaba re’jasi: Zelenskiy kerakli narsalar ro‘yxatini e’lon qildi

Зеленскийнинг сўзларига кўра, ғалаба режасининг иккинчи бандини муваффақиятли амалга ошириш учун қуйидагилар керак...

"Kursk operasiyasi tufayli biz Putinning bosimga dosh berish uchun yetarli kuchi yo‘qligini ko‘rdik"

Зеленский Украина қўшинлари Россиядан кетмоқчи эмаслигини айтди.

Shimoliy koreyaliklar armiya safiga ommaviy ravishda kirmoqda

Корея ярим оролида уруш муқаррарми?

"Hizbulloh"ning dahshatli bayonoti e’lon qilindi

"Ҳизбуллоҳ" аллақачон Исроил билан уруш ҳолатида.

Qozog‘istondagi YTHda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Қозоғистоннинг Манғистоу вилоятида содир бўлган ЙТҲ оқибатида олти нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди, яна тўрт нафари шифохонага ётқизилди.