Taniqli bloger Rossiyada xorijiy agent deb e’lon qilindi

Taniqli bloger Rossiyada xorijiy agent deb e’lon qilindi

«I.A.Varlamov davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning siyosati to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumot tarqatgan, xorijiy manbalardan yordam olgan», deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Ushbu me’yorlar 2012 yilda, «Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin paydo bo‘lgan. U xalqaro tashkilotlar tomonidan Rossiyada inson huquqlarini cheklovchi qonun sifatida tanqid qilinadi.

Ilya Varlamov 2017 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda shaharsozlik, qulay infratuzilma va siyosatga bag‘ishlangan kanallarni yuritadi. 2023 yil yanvar holatiga uning obunachilari soni 4 milliondan oshgan. Ko‘rsatuvlari 1,3 milliard marta tomosha qilingan.

Ma’lumot uchun, «Xorijiy agent» — Rossiyada xorijdan qo‘llab-quvvatlanadigan yoki «chet el ta’siri» ostida bo‘lgan shaxslarga beriladigan maqom. Qonunga ko‘ra, «xorijiy agent»lar Rossiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z maqomini OAV va Internetdagi xabarlarda ko‘rsatishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!