Taniqli aktyor vafot etdi. Sababi noma’lum

Taniqli aktyor vafot etdi. Sababi noma’lum

Fransuz teatr va kino aktyori Jan-Pol Belmondo vafot etdi. Bu haqda Fransiyaning AFP agentligi xabar tarqatdi.

O‘lim sababi aniqlanmagan. Aktyor 88 yoshda edi.

Belmondoning advokatiga ko‘ra, aktyor 6 sentyabr kuni Parijdagi uyida vafot etgan. "U oxirgi paytlarda juda charchagandi. U tinchgina ketdi”, - dedi advokat.

2001 yildan 2008 yilgacha aktyor insult oqibatida filmlarda rol o‘ynamadi, keyin sahnaga qaytdi. 2015 yilda u kino karyerasini tugatganini e’lon qildi, lekin ikki oy o‘tgach, fikridan qaytganini va agar takliflar bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyorligini e’lon qildi. Belmondo turli kino mukofotlari laureati bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!