Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Hozir talabalarning kontrakt to‘lash jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar mobaynida ko‘pchilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.

Soliq kodeksining,  378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun o‘tkazilgan ish haqlaridan daromad solig‘i ushlanmaydi:

1) fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
3) 26 yoshga to‘lmagan er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Bu nima degani?

Masalan, ota o‘z farzandining kontrakti uchun ish haqining bir qismini, aytaylik 1 mln so‘mini to‘g‘ridan-to‘g‘ri institut hisobiga o‘tkazadi deylik. Buning uchun institutdan shartnoma (hisob-raqam) olib, tashkilot buxgalteriyasiga ariza berib qo‘yish kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln so‘m oylik olsa, demak farzandining kontrakti uchun o‘tkazgan 1 mln so‘mdan 12%lik daromad solig‘i ushlanmaydi, faqat qolgan 2 mln so‘mdan soliq olinadi.

Ish haqidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasdan, plastikdan to‘langan bo‘lsa ham soliq imtiyozi qo‘llanadi. Buning uchun kerakli hujjatlarni soliq bo‘limlariga topshirish kerak.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boshqa shaxslarning kontrakti uchun ish haqidan to‘lov o‘tkazilsa hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!