Talabaga oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun akademik ta’til berilishi mumkin

Qonunchilikka ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Talabaga akademik ta’til berilishi uni OTMdan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)