Tadqiqot: Shveysariya olimlari qarishni sekinlashtirish usulini aniqladi

📰 Shveysariya olimlari tomonidan “Nature Aging” xalqaro ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijasi keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
🖥 Unda insonning qarish jarayonini sekinlashtirishga doir samarali usul haqida so‘z yuritiladi.
📊 Qayd etilishicha, uch yil davom etgan keng qamrovli tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 2000 nafardan ortiq sog‘lom odamlar ishtirok etgan.
💊 Tajriba qatnashchilari ikki guruhga bo‘lingan holda, belgilangan muddatda D hamda Omega-3 vitaminlarini turli kombinasiyalarda qabul qilib, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandi.
📌 Eng samarali natija Omega-3 darmondorisini qabul qilgan guruhda qayd etildi: tegishli tekshiruvlardan so‘ng ularda hujayralarning qarishi sezilarli darajada sekinlashgani aniqlandi.
✅ O‘z navbatida, D vitamini va jismoniy mashg‘ulotlar ham ijobiy natija berishi ma’lum bo‘ldi.
‼️ Olimlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra, Omega-3 va D vitaminlari hamda muntazam jismoniy mashqlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv insonlarda qarish tezligini 1-4 foizga sekinlashtirishi mumkin.