Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.O.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga qasddan shikast yetkazib, 177,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan “Buxorotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. tovuqxona binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga hech qanday hujjatsiz qayta ulab, 159,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!