Tabiiy gaz yetkazib berish sohasida ayrim tarmoq korxonalar bilan tuziladigan shartnomalarga o‘zgartirish kiritiladi

Tabiiy gaz yetkazib berish sohasida ayrim tarmoq korxonalar bilan tuziladigan shartnomalarga o‘zgartirish kiritiladi

“O‘ztransgaz” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokama yig‘ilishida, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zneftgazinspeksiya”, “Maxam-Chirchiq” AJ va “Farg‘onaazot” AJ vakillari ishtirok etdi. Muhokama davomida mas’ul vakillar tomonidan holat yuzasidan tushuntirishlar berilib, kuz va qish mavsumlarida ayrim hududlarga tabiiy gaz ta’minoti yetarli xajmda va miqdorda yetkazib berilmasligi oqibatida korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xajmlari kamayishiga olib kelishi va boshqa shu kabi muammolar mavjudligi ta’kidlandi.

“Maxam-Chirchiq” AJ va “Farg‘onaazot” AJlarning tabiiy gaz iste’mollarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalariga muvofiq maxsus lisenziyaga ega tashkilotlarni (energiya auditorlarini) jalb etgan holda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan xulosalar olgandan so‘ng amaldagi shartnoma bandlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi hamda ushbu shartnoma joriy yilning uchinchi choragidan amalga kiritilishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!