So‘xlik deputat aholi muammolarini Bosh vazirga yetkazdi (VIDEO)

So‘xlik deputat aholi muammolarini Bosh vazirga yetkazdi (VIDEO)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga tashrifi chog‘ida aholi bilan yaqindan muloqot qildi. Tumandagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi oldida tashkil etilgan uchrashuvda fuqarolarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar ӯrtaga tashlandi. “Adolat” SDPning Xalq deputatlari So‘x tumani Kengashi deputati Subhonali Nishonov ham Bosh vazir bilan muloqotda bo‘lib, muammolar yuzasidan xalq fikrini bayon etdi.

 

Birinchidan, So‘x xalqi uchun chegaralar aniq belgilanishi va viloyat markaziga olib boruvchi yo‘l masalasi hal qilinishi lozim.
Ikkinchidan, So‘x tumani chegara hudud bo‘lganligi uchun aholiga un mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazish zarur.
Uchinchidan, anklav hududlar aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ikki yoshgacha bӯlgan bolalari bor oilalarning barchasiga nafaqa  berish masalasini qo‘rib chiqish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!