Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida go‘yo Muzrabot tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Norqulov Fozil Olimshoyevich va mazkur maktab direktor o‘rinbosari A.A.ning ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv va ushbu xabarda keltirilgan vajlar yuzasidani quyidagilar ma’lum qilinadi.
Ushbu holat yuzasidan F.Norqulov yozgan tushuntirish xatida jumladan shunday jumlalar bor: “Ushbu audio yozuvni qayta-qayta eshitib, shuni sezdimki, bu yozuvdagi ovoz menga tegishli emas. Men o‘rinbosarim A.A.ni bunday so‘zlar bilan haqorat qilmaganman. Bu yozuv g‘arazli shaxslar tarafidan ustakorlik bilan soxtalashtirilgan yoki montaj qilingan, deb o‘ylayman. Kimlardir menga nisbatan ivg‘ogarlik qilgan. Men murojaat mualliflaridan ushbu audio yozuv aynan menga tegishli ekanligini isbotlab berishlarini so‘rayman.
Shuningdek, joriy yilning maktabimizni akkreditasiyalash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari qo‘pol ravishda buzilgan. Shu bois maktab pedagogik jamoasi tuman akkreditasiya komissiyasining tegishli qaroridan norozi bo‘lib, aloqador viloyat va Respublika tashkilotlariga murojaat qildi.
Vakolatli idoralar tomonidan bizning vajlarimiz o‘rganib chiqilib, maktabimiz karantin bilan bog‘liq vaziyat yumshagandan so‘ng qayta akkreditasiya qilinishi haqida ma’lum qilindi.” Ushbu audioyozuvni A.A. bunday izohlagan: “Bundan bir necha oy avval maktabimiz direktori F.Norqulov bilan ish vaqtidan keyin o‘zaro bahslashib, aytishib qolgan edik. Ammo F.Norqulov meni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgan emas. Keyinchalik bir-birimizdan kechirim so‘rab , yarashib ketdik. Men allaqachon F.Norqulovni kechirganman undan norozi emasman. Unga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q. Men eshitgan audioyozuv menga va F.Norqulovga tegishli emas. Kimlardir bizni beobro‘ qilish, oramizga nizo solish niyatida tomosha ko‘rsatayotganga o‘xshaydi. “Yuqorida bayon etilgan fikrlarga qo‘shimcha izohning hojati yo‘q, deb o‘ylaymiz. Ko‘rinib turibdiki, ushbu audioyozuvdagi ovozlar aynan F.Norqulov va A.A. ga tegishli deyish uchun hech qanday qonuniy asos yo‘q.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Мадриднинг “Реал” клуби ҳимоячиси Рауль Асенсио ҳозирда шифохонада бўлиб, унда гастроэнтеритга сабаб бўлган вирусни аниқлаш мақсадида текширувдан ўтмоқда.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.
Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.