Surxondaryoda yangi sotib olingan «Cobalt»ning orqa qismi ikkiga bo‘linib ketdi

Surxondaryoda yangi sotib olingan «Cobalt»ning orqa qismi ikkiga bo‘linib ketdi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro Ma’mirjon Madaminov tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi 1091 ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.

Unda iste’molchi, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomobiliga servis xizmat ko‘rsatish maqsadida, Qo‘rg‘ontepa shaxar, Andijon ko‘chasida joylashgan “Qo‘rg‘ontepa yoshlar sog‘lomlashtirish markazi” MCHJga qarashli “Bek” avtotransport  vositalariga servis xizmat ko‘rsatish ustaxona xodimi Doniyor ismli shaxsga qoldirib ketganligini, biroq usta tomonidan telefon orqali avtomobilni ta’mirlash uchun ko‘tarma uskuna yordamida yuqoriga ko‘tarilganligi va kutilmaganda avtomobil ko‘tarma uskunadan tushib ketganligi xaqida xabar berganligini, buning oqibatida avtomobil kuzovining ayrim qismlariga shikast yetkanligini, shuningdek, usta tomonidan avtomobilning ziyon yetgan qismlari ta’mirlab berilganligini, lekin avtomobilning ta’mirdan keyingi holati qoniqtirmaganligini bayon qilgan.

Mazkur murojaat o‘rganilishi natijasida, mashina tadbirkor tomonidan sifatli ta’mirlab berilishiga erishildi

Ana shunday murojaatlardan yana biri, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro  M. O‘zbekovdan kelgan bo‘lib, unda iste’molchi Termiz shahridagi «Surxondaryo Avtotex xizmati» salonidan 2020 yil 26 mart oyida  97.000.000  so‘m to‘lov qilib «Cobalt» avtomobilini xarid qilgan. Biroq, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan mashinaning orqa qismi ikkiga bo‘linib ketgani va salonga murojaat qilgani, salon ta’mirlab berishdan bosh tortganligini aytib o‘tgan.

Mazkur murojaat Federasiyaning Termiz shahar jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilishi natijasida “Cobalt” avtomobili ta’mirlab berildi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya

qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!