Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda ayol haydovchi va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etdi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda ayol haydovchi va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etdi

Joriy yilning 27 mart kuni soat 15:40 atrofida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida 1983 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro (ayol kishi) Nexia-3 avtomashinasida "Sangardak-Denov" yo‘nalishida harakatlanayotib, tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib beton to‘siqqa urilgan. Ushbu YTH natijasida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Mazkur YTH hamda yong‘in natijasida avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!