Suriya «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi va mamlakatda undan foydalanishga ruxsat berildi

Suriya «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi va mamlakatda undan foydalanishga ruxsat berildi

Suriyada «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi va undan foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda Suriyaning Moskvadagi elchixonasiga tayanib «Izvestiya» xabar qildi.

«Suriya koronavirus infeksiyasiga qarshi Rossiyaning ‘Sputnik V’ vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha barcha proseduralarni yakunladi va mazkur mamlakat hududida vaksinadan foydalanishga ruxsat berildi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 20 fevral kuni Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi Gana shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ro‘yxatdan o‘tish favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun avtorizasiya (EUA) ostida amalga oshirilgan. Gana ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan dunyodagi 31-davlat va Afrika qit’asidagi Rossiya Gamaleya instituti vaksinasini tasdiqlagan beshinchi mamlakat bo‘ldi.

Ilgari ushbu vaksina Belarus, Argentina, Boliviya, Jazoir, Serbiya, Paragvay, Falastin, Venesuela, BAATurkmanistonVengriyaEron, Gvineya, Tunis, Armaniston, Livan, Meksika, Nikaragua, Myanma, Qozog‘istonPokistonMo‘g‘uliston, Bahrayn, Chernogoriya, O‘zbekiston va Gabonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!