Suriya elchixonasi tez orada Saudiya Arabistonidagi faoliyatini tiklaydi

Saudiya Arabistonidagi Suriya elchixonasi ikki davlat o‘rtasidagi uzoq davom etgan keskinlikdan so‘ng qayta ochilishga tayyorlanmoqda.
“Diplomatik missiyamiz ish boshlashga tayyorlanmoqda”, — deya Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bassam al-Sabbah so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
May oyida Saudiya Arabistoni delegasiyasi Suriya poytaxti Damashqqa mamlakat elchixonasini qayta ochish masalasini muhokama qilish uchun kelgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)