Sudochye ko‘lining taqdiri nima bo‘ladi?

A A A
Sudochye ko‘lining taqdiri nima bo‘ladi?

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hududida joylashgan Sudochye ko‘llar tizimida joriy yil 4 iyul kuni sodir bo‘lgan yong‘in ko‘pchilikni befarq qoldirmadi. 

Ikki kundan ortiq vaqt davom etgan olov oqibatida 278 gektar maydondagi qamishzorlar yonib ketgan. Jiddiy talafotlar, ya’ni odamlarga va hayvonot dunyosiga zarar yetmaganligi haqida mutasaddi tashkilotlar xabar qilishdi. Lekin…

Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas yana o‘sha ko‘ldagi qamishzorlarda yong‘in sodir bo‘lib, 2-3 gektar ochiq maydonda qamishlar yonganligi haqida xabar tarqaldi.

4 iyul kungi yong‘inni Orol dengiziga borib kelayotgan sayyohlar rasmga tushirib, Nukusga kelgandan so‘ng tarqatib yubormaganda, yana qancha vaqt xabarsiz qolib ketishimiz mumkin edi – aytish qiyin. Yong‘in haqida o‘z vaqtida ko‘ldagi baliqchilarning xabar qilmagani esa tushunarsiz holat. Ekspert guruhi ancha kech yo‘lga otlandi. Sudochye ko‘li Nukusga qariyb 200 kilometr. Unga Ustyurt platosi orqali notekis yo‘llarda boriladi. Maxsus transportda kamida 4 soatlik yo‘l. Yetib borgani bilan suv o‘rtasidagi qamishzorlarga kirib borish va yong‘inni bartaraf qilish ham oson ish emas.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rasmiylari qayd etishicha, sodir bo‘lgan yong‘in qayiqlarda suzib borilib o‘chirilgan. Olovning so‘nishiga shu kunlari yog‘gan yomg‘ir ham ma’lum darajada yordam bergan bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Sudochye ko‘llar tizimida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

“Sudochye” ornitologik buyurtmaxonasi hududi yovvoyi holda yashovchi ondatra, o‘rdak (bir necha turlari), g‘oz, oqqush, birqozon, flamingo va boshqa hayvonot dunyosiga boy. Yong‘inda ularga zarar yetkazilgan holat uchramagan. Chunki suvda suzuvchi qushlar va boshqa hayvonot turlari yashash makoni va ular bahor oylarida tuxum qo‘yib ko‘payadigan hudud hisoblanadi. Lekin o‘rganish davomida hayvonot dunyosi nobud bo‘lgan holat qayd etilmadi. Chunki hozirgi kunga kelib polaponlar katta bo‘lib bemalol suvda suzib yuradigan darajada o‘sib ulg‘aygan.

Ko‘pchilik yong‘in haqida xabar topib qushlarga qayg‘urgan edi. Chunki ko‘lda 240 ga yaqin doimiy yashovchi va ko‘chmanchi qushlar turlari qayd qilingan.

Bu ko‘llar tizimi qushlarning uya qo‘yish, uchib o‘tuvchi qushlarning dam olish, uchish oldidan oziqlanish joyi bo‘lib xizmat qiladi.

Sudochye ko‘llar tizimida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kirgan 40 turdagi qushlarning 30 turi, Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro tashkilotining “Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlarning Qizil ro‘yxati”ga kiritilgan 24 turdagi qushning 18 turi yashaydi.

Endi savol tug‘iladi, shunday yong‘in, masalan, mart yoki aprel oyida sodir bo‘lganda nima bo‘lar edi? U paytda qushlarning polaponlari hali uyasida yashayotgan bo‘ladi. Axir, mart-aprel oylarida Sudochye ko‘lini millionlab qushlar makon qiladi. Yong‘inni nima bilan o‘chiradi? Avtomashina tugul, odam ham qayiq ham bora olmaydigan qalin qamishzor yoki botqoqliklardagi yong‘inni faqat suv purkovchi samolyot yoki vertolyot yordamidagina bartaraf qilish mumkin. Lekin Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kiritilgan Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida bunaqa transport yo‘q.

Har yilgi kuz mavsumida mahalliy aholi tomonidan mollarga ozuqa qilish uchun yangisini o‘stirish maqsadida qamishzorlar yoqib yuborilar edi. Ma’lumki, bu paytda ham Sudochyeda qushlar saltanati hukm surayotgan bo‘ladi. Shimolga uchib ketgan qushlar kuzda yana janubga qaytishida Sudochyeda ma’lum vaqt dam olib ketadi. Oxirgi yillarda flamingo qushlarining ko‘plab kelishi xorijiy va mahalliy sayyohlarning ham ushbu ko‘lga qiziqishini orttirgan edi.

Aytgancha, bundan buyon ko‘ldagi qamishlar sanoat uchun ham kerak. Ularni odamlarning yoqib yuborishi ta’qiqlandi. Jarimasi ham ancha. Mo‘ynoqda qad rostlayotgan DSP zavodlariga ishlatiladigan xom ashyoning aksariyati aynan shu ko‘ldagi qamishlardan olinadi. Yong‘in shundayligicha tez-tezdan bo‘lib tursa, Sudochyening taqdiri nima bo‘ladi? Xullas, ushbu savolning boshi hozircha ochiq qolib ketmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joiz, Mo‘ynoq tumani hududidagi ko‘llar qamishzorlarga boy. O‘zbekiston Respublikasida mavjud qamishzorlar maydonining 57 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud qamishzorlar maydonining 78 foizi Mo‘ynoq tumaniga, jumladan 50 ming gektardan ortiq maydonga ega Sudochye ko‘li hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislarning fikricha, ko‘ldagi muammolar faqat bu emas. Ko‘ldagi suvning barqaror bo‘lmasligi va noqonuniy ovchilik ham tabiatga ancha zarar keltirmoqda. Masalan, 2014 yilda olimlar tomonidan ko‘ldagi orollarda ko‘p sonli flamingo qushlarining uyalari topilgan bo‘lsa, keyingi yillarda bunday holat kuzatilmagan. Chunki 2015 yilda suv ko‘payib ketib, flamingo qushlarining uyalari suv ostida qolib ketgan. Keyingi yillarida suv kam bo‘lib, orollar yarim orollarga aylanib qolgan va unga har xil yirtqich hayvonlar bemalol kirib kelib, tuxumlarini yeb ketgan. Noqonuniy ovchilik esa qushlar sonining kamayib ketishiga olib kelmoqda.

Sudochye ko‘lidagi baliqchilik xo‘jaligi ham kutgan natijani bermaydi.

Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali xodimi Ye.Qurbanbayevning ta’kidlashicha, Taxiatosh gidrouzelidan kelib tushadigan daryo suvining yildan-yilga kamayib ketishi va Sudochye, Qarateren, Jiltirbas ko‘llari yuqori tuzga ega kollektor suvlari bilan ta’minlanganligi va toza suv bilan almashish imkoniyati bo‘lmagani bois ulardagi suvning sifati pasayib ketgan. Shuningdek, 2003-2004 yillarda katta ko‘llarni kichik ijarachilarga bo‘lib berish davrida baliqlarning migrasiya yo‘llari hisobga olinmagan va fermerlar ko‘p yillar davomida baliq ovlash bilan shug‘ullanib, ularning sonini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ish olib bormagan.

– Sudochye ko‘llar tizimi avval ko‘l “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK huzurida edi va endi davlat buyurtma qo‘riqxonasiga aylantirilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri Asxat Salixov. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mazkur ko‘llar tizimi Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga berildi. Bundan buyon noqonuniy ovchilik va qamishlarni yoqib yuborish batamom bartaraf qilinadi. Qamishlarni o‘rib olish ham belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ilgari Sudochyega Amudaryoning Raushan va Primuzyak kanallari orqali suv kelib, ko‘l Orol dengizi havzasi bilan bog‘lanib turgan. Ko‘lning maydoni 350 kilometr kvadratga yetgan, eniga o‘rtacha 15 kilometr, uzunligi o‘rtacha 250 kilometrgacha va chuqurligi 2 metrgacha bo‘lgan.

Suvi chuchuk bo‘lganligi uchun mahalliy aholi tomonidan “suvi duchchi” deyilib, keyinchalik “Sudochye”ga aylanib ketgan.

1960 yillarda Orol dengizi sathining pasayishi va daryo suvi oqimining to‘xtatilishi oqibatida Sudochye qurib keta boshladi. 1968 yilda sayoz ko‘l alohida suv omborlariga aylandi. Biroq ayni paytda, Sudochye ko‘li kollektor-drenaj suvlari hisobiga qayta tiklangan, sobiq yirik ko‘l o‘rnida 4 ta suv ombori bor. Ular Aqushpa, Katta Sudochye, Qarateren va Begdulla-Aydindir. 2000-2001 yillarda suv tanqisligi tufayli hatto katta Sudochye ham qurib qoldi.

Keyinchalik mazkur ko‘llar tizimiga Sudochye ko‘lini boshqarish qo‘mitasi, so‘ng 2015 yildan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK egalik qilib kelgan. Hozirda ko‘l yoqasidagi eski Urga qishlog‘i o‘rnida sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida turistik infrastruktura tortilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Germaniya kansleri: Isroilning “iflos ishi” haqidagi fikrimdan afsuslanmayman

Германия канцлери Фридрих Мерц Исроилнинг Эронга қарши амалиётини “Ғарбнинг ифлос иши” деб атаган баёнотидан афсусланмаслигини маълум қилди.

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Бу ҳақда TEAMtalk нашри хабар берди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

O‘zbekiston terma jamoasi vingeri yana yurtimizga qaytmoqda

Ҳозирда БААнинг "Ал-Ваҳда" клубига тегишли бўлган Ўзбекистон терма жамоаси вингери Ҳожимат Эркинов яна юртимизга қайтиши кутилмоқда.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

“Anorbank”ning 95.1 foiz ulushiga egalik qiluvchi Qahramonjon Olimov Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

Франциянинг машҳур Le Monde нашри ёзишича, Ўзбекистондаги “Анорбанк” кузатув кенгаши аъзоси, 48 ёшли Қаҳрамонжон Олимов Париж шаҳрида номаълум шахслар томонидан ўғирлаб кетилган.

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Ikki o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanyapti

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

BMT maxsus ma’ruzachici: Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genosidlardan birining mas’ulidir

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Yaponiyada bir yarim hafta ichida deyarli 900 ta zilzila sodir bo‘ldi

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Turkiyada erkak kana tufayli o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

“Sputnik Ozarboyjon” bosh muharriri va uning o‘rinbosari to‘rt oyga hibsga olindi

Маълумотларга кўра, Картавих ва Белоусовдан ташқари яна беш киши жиноий жавобгарликка тортилган, лекин уларнинг исми ошкор этилмаган.

Hindistonda farmasevtika zavodi portladi

Фавқулодда вазият вақтида заводда жами 150 киши бўлган.

Trampning "Katta va go‘zal" qonuni qabul qilindi. Mask yutqazdi. Endi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда CNN телеканали хабар берди.

Zelenskiy Rossiya bilan mojaroda Ozarbayjon prezidentini qo‘llab-quvvatladi

Сиёсатчи бу хабарни ўзининг Telegram-каналида эълон қилди.

Meksikada krematoriydan 383 ta jasad topildi

Бу ҳақда Чиуауа штати прокуратураси маълум қилди.

Keskinlik ortdi: Mask Trampni qo‘llab-quvvatlayotganlarga tahdid qildi

У агар вазият у хоҳлаганидек бўлмаса, янги партия тузишини ҳам айтиб ўтди.

Isroil OAV: AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Tel Avivga bosim o‘tkazishi mumkin

Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.

Teskari ta’sir: AQSh va Isroilning hujumi Eronni yadro quroli yaratishga majbur qilishi mumkin

Бу ҳақда "The Wall Street Journal" газетаси ёзмоқда.