Subsidiya asosida 25 ta tikuv mashinasi olib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

A A A
Subsidiya asosida 25 ta tikuv mashinasi olib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.S.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tanishlari yordamida 25 ta tikuv mashinasi olish uchun subsidiya ajratib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!