Stoltenberg Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish masalasini dolzarb deb atadi

Stoltenberg Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish masalasini dolzarb deb atadi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Qurolli kuchlarini havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb ekanligini aytdi.

Bu haqda Stoltenberg Katta yettilik tashqi ishlar vazirlarining Kapri orolida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

“Bu shoshilinch. Chunki kechikishning har bir kuni Ukraina uchun kattaroq zararga olib keladi», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaga qanchalik tez yetkazilsa, bu unga shunchalik yaxshi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!