Stoltenberg: Ittifoqchilar Ukrainaga yordamni kuchaytirishi kerak

Stoltenberg: Ittifoqchilar Ukrainaga yordamni kuchaytirishi kerak

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Rossiyaga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatishini aytdi. U Yevropa davlatlarini qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi.

Germaniyaning Welt am Sonntag gazetasiga bergan bayonotida, Ukraina urushiga ishora qilib, u Yevropa iqtisodiyoti ko‘proq qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishga e’tibor qaratishi kerakligini aytdi.

«Ukrainaga etkazib berishni ko‘paytirish va o‘z zaxiralarimizni to‘ldirishimiz uchun sanoat bazamizni tezda yaxshilashimiz va kengaytirishimiz kerak», dedi Stoltenberg va bu tinchlik davridagi sekin ishlab chiqarishdan mojarolar vaqtida zarur bo‘lgan tez ishlab chiqarishga o‘tishni anglatadi.

Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, erkin bozor mamlakatlarida qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun imzolangan shartnomalarga muhtoj: «Evropa sanoati bunday shartnomalarga ko‘proq muhtoj va ularni tezroq imzolash kerak».

G‘arb davlatlarining ishlab chiqarishda ham, sarmoyada ham Rossiyadan o‘zib ketish imkoniyatlari borligini ta’kidlagan Stoltenberg, «G‘arbning iqtisodiy va sanoat qudrati Rossiyanikidan oshib ketadi» deb ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!