Sprite 60 yillik an’anadan voz kechmoqchi

Sprite 60 yillik an’anadan voz kechmoqchi

Sprite 60 yildan ortiq vaqt davomida ishlatib kelayotgan yashil plastik butilkalaridan voz kechmoqda.

Coca-Cola kompaniyasi 1 avgustdan boshlab qadoqlarni yashil rangdan shaffof plastmassaga o‘zgartirishini e’lon qildi. Bu qadam ekologik mas’uliyatni oshirish doirasida qabul qilindi.

Sprite'ning hozirgi yashil plastmassasida yashil poliyetilen tereftalat (PET) mavjud bo‘lib, uni yangi idishlarga qayta ishlash mumkin emas.

«Butilkalardan bo‘yoqlarni olib tashlash qayta ishlangan material sifatini yaxshilaydi», dedi Coca-Cola'ga qadoqlash chiqindilarini qayta ishlashni yaxshilashga yordam beradigan R3CYCLE plastik guruhi bosh direktori Julian Ochoa.

«Qayta ishlanganda, Sprite'ning shaffof PET butilkalari qayta shishaga solinishi mumkin, bu plastik uchun aylanma iqtisodni oshiradi», dedi u.

Coke assortimentidagi yashil butilkalardan foydalanadigan boshqa ichimliklar, jumladan Fresca, Seagram's va Mello Yello ham kelgusi oylarda shaffof plastik bilan almashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!