Sobiq prezident seriallarga prodyuserlik qiladi

Sobiq prezident seriallarga prodyuserlik qiladi

Film va seriallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi AQShning “Neftlix” kompaniyasi mamlakat sobiq prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqida kompaniya o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy sayti xabarga ko‘ra, Obamalar joriy yilda umuman bekor o‘tirmaydi. Sababi “Neftlix” 2018 yilning o‘zida 700 ta film va serialni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bunday miqdordagi kontentni boshqa kanallar, internet servislari va kinostudiyalar faqatgina orzu qila oladi.

“Buning uchun mazkur kompaniya yil davomida qariyb 8 milliard dollar sarflaydi”, deb aytib o‘tdi uning moliyaviy direktori Devid Uells.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!