Sobiq ichki ishlar vaziri: "Ochko‘z edim, katta miqdorda pora oldim va uy-joy qildim" (video)

Sobiq ichki ishlar vaziri: "Ochko‘z edim, katta miqdorda pora oldim va uy-joy qildim" (video)

Turkmaniston davlat televideniyesi sobiq ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikovning katta miqdorda pora olganiga iqror bo‘lgani va tavba qilgani haqidagi videoni namoyish etdi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

«Men, Iskandar Mulikov, 2009 yildan 2019 yilgacha ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan holda, jinoyatchilikka qarshi kurash uchun javobgar bo‘lganimga qaramay, ochko‘zligim sababli o‘z vazifamni suiiste’mol qildim, pora oldim va uy-joy qildim. Muhtaram bosh qo‘mondonimiz ish va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratganiga qaramay, men halol yo‘lni tanlamadim va juda katta miqdorda pora oldim», deya iqror bo‘ldi Mulikov.

Bundan tashqari, davlat televideniyesi sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olingani va musodara qilingan millionlab dollar va boshqa boyliklarni namoyish etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!