Sirdaryoga safarbar etilgan harbiylar doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi

Sirdaryoga safarbar etilgan harbiylar doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi

Shu yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida texnogen tusdagi favqulodda vaziyat yuz berib, viloyatning Sardoba, Oq oltin va Mirzaobod tumanlarida aholi yashash manzillari hamda hududlar suv va ko‘chki ostida qoldi. Binolar, yo‘llar, kommunikasiya tarmoqlari vayron bo‘ldi, aholi vaqtincha boshqa hududlarga evakuasiya qilindi.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida Mudofaa vazirligining barcha harbiy okruglaridan harbiy xizmatchilar Sirdaryo viloyatiga safarbar etildi. Ana shu fursatda armiya va xalq birligi, mardlarimiz Vatan va xalq osoyishtaligi yo‘lida doim kamarbasta xizmatda ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Sirdaryoga safarbar etilgan harbiylar doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi

O‘tgan muddat davomida harbiy xizmatchilar qo‘yilgan ustuvor vazifani ado etib, aholi yashash manzillari, hududlar, infratuzilma va ijtimoiy ob’ektlar, yo‘llar va telekommunikasiya tarmoqlarida tozalash, tiklash va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik ko‘rsatishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamentining xabar berishicha, 1 iyun kuni harbiy xizmatchilar buyruqqa asosan o‘zlarining doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi.

Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan kolonnalarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi. Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari esa Guliston-Marg‘ilon yo‘nalishida temir yo‘l platformalari orqali manzilga yetib bordi.

Sirdaryoga safarbar etilgan harbiylar doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi 

Ha, Vatanimiz mardlari doimo jangovar shay, osoyishtalik barqarorligini ta’minlash yo‘lida sobitdirlar.

Bajarilgan ishlar bo‘yicha faktlar: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti boshlig‘i polkovnik Bahrom Zulfiqorov «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlari haqida ma’lum qiladi.

Jumladan, bevosita harbiylar tomonidan:

* 750 ta xonadonni tozalash, chiqindilarni olib tashlash va yangi qurilish mollarini tashish ishlari amalga oshirildi;

* 6 ta aholi punktida 1405 nafar harbiy qurilish hududida qurilish chiqindilarini olib chiqishda ishtirok etdi;

* Maxsus aloqa bo‘limi tomonidan 1,5 km, 20 ta ustun aloqa kabeli demontaj qilindi. Talafot ko‘rgan 40 ta aloqa mobil bazasi tiklandi;

* 4 ta hududdagi 156 nafar mavsum boshidan buyon 4603 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

* Harbiy tibbiy xodimlar tomonidan 200 ga yaqin aholidan tahlilllar olindi;

* Harbiy topograflar tomonidan talofat ko‘rgan hududlarning 1000 tadan ortiq aero va kosmik suratlari tayyorlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!