Sirdaryoda Yer resurslarini noqonuniy talon taroj qilinishi bilan bog‘liq jinoiy holat aniqlandi

Sirdaryoda Yer resurslarini noqonuniy talon taroj qilinishi bilan bog‘liq jinoiy holat aniqlandi

Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida «telegram» ijtimoiy tarmog‘ida “Z» ismli shaxs Boyovut tumani, 2-Boyovut SIU, 4-bo‘limida joylashgan aholi tomorqa yerlari toifasiga kiruvchi 25 sotix bo‘sh yer maydonini har bir sotixini 3.000.000 so‘mdan jami 75.000.000 so‘mga hisoblab turar joy qurish va hujjatlarini kelgusida tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish sharti bilan oldindan avans (bo‘nak) tariqasida 4.000 AQSh dollaridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Guliston shahrida joylashgan markaziy avtoturargohda olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinib tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Z.Xga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!