Sirdaryo viloyatida "instagram"da terrorchilikni targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyatida "instagram"da terrorchilikni targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.B.ga tegishli bo‘lgan “RedMi Note 9” rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida bayonnoma asosida olinib, ko‘zdan kechirilganda, fuqaro J.B. ushbu telefon apparati orqali Internet tarmog‘ining “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida o‘ziga tegishli profil ochib, o‘z sahifasiga diniy mazmundagi aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni joylashtirish orqali o‘zining sahifasiga a’zo bo‘lgan boshqa profil foydalanuvchilariga tarqatganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita ekspertlik guruhining xulosasiga ko‘ra, fuqaro J.B.ning “RedMi Note 9” rusumli telefon apparatining fayllarida noma’lum shaxs tomonidan kuylangan arab tilidagi qo‘shiq keltirilgan bo‘lib, unda hozir urush boshlangani va u qiyomatgacha davom etishi, qurolni yalang‘ochlash kerakligi, jihod va urush yo‘q deb aytayotganlar yolg‘on gapirayotgani haqida fikrlar yozilganligi, ushbu ma’lumotlar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi sababli ularni O‘zbekiston Rechpublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro J.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244.1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!