Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Bugun, 24 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!