Shveysariya Ukrainaga pul bermoqchi emas

Shveysariya Ukrainaga pul bermoqchi emas

Shveysariya parlamentining Milliy kengashi Ukrainaga keyingi 5-10 yil davomida yordam sifatida 5,5 milliard dollar ajratish haqidagi tashabbusni rad etdi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 105 deputat bunday qarorni yoqlab, 86 deputat qarshi ovoz berdi.

Shuningdek, parlament taqdim etgan taklif tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmadi.

Xabarda aytilishicha, Milliy kengashning bu qarori Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Shveysariya parlamentidagi chiqishidan bir hafta oldin qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!