Shuhrat Sheraliyev: O‘zbekiston va AQSh energetika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida

A A A
Shuhrat Sheraliyev: O‘zbekiston va AQSh energetika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida

O‘zA muxbirining «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyev bilan suhbati O‘zbekistonda energiya samaradorligini ta’minlash, muqobil energiyani rivojlantirishda mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida bo‘ldi. Quyida ushbu suhbat to‘laligicha taqdim etiladi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati va Amerikaning General Electric kompaniyasi o‘rtasida bitimlar imzolangan edi. Ushbu kelishuv haqida ma’lumot bersangiz?

– Tashrif doirasida «O‘zbekenergo» AJ va General Electric kompaniyasi o‘rtasida imzolangan bitimlar «Toshkent IES" (issiqlik elektr stansiyasi) hududidagi bug‘-gaz qurilmasi negizida yangi H-turli turbinalarni qo‘llash orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari hududida yuqori kulli ko‘mirni yoqish evaziga elektr energiyasini ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash va qurishni o‘z ichiga oladi.

Kelishuvga muvofiq General Electric kompaniyasi «Toshkent IES»da quvvati 370 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasini qurish» loyihasi bo‘yicha asosiy uskunalarning yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, mazkur kompaniya «Taxiatosh IES»da quvvati 230—280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish» investisiya loyihasiga ko‘ra, GT1, GT2 gaz turbinalari uskunalari va generatorini yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan.

Qayd etish joizki, bugungi kunda General Electric kompaniyasi ko‘magida «Toshkent IES» bug‘-gaz qurilmasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 370 MVtga yetdi. Bu mamlakatimiz energiya tizimini rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikning amaliy natijasidir.

– «Toshkent IES« hududidagi bug‘-gaz qurilmasi negizida General Electric kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan yangi texnologiyalar qanchalik samarador?

– Hamkorlarimiz sohaga innovasion texnologiyalarni joriy etishda dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Chunonchi, bizga taklif etilayotgan siklli elektrostansiyalar gaz va bug‘ turbinalari, generatorlar, utilizasiya qozonlari, elektrostansiyalarni boshqarish tizimlari va ijtimoiy tizimlar kabi uskunalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Kombinasiyalangan barcha siklli energobloklar 62 foizdan ortiq foydali ish koeffisiyentiga ega. Ayni vaqtda qurilmalar ustida General Electric’ning tajriba maydonida o‘tkazilayotgan sinovlar muvaffaqiyatli davom etmoqda.

General Electric kompaniyasi Fransiyaning Bushen elektrostansiyasida ishga tushirgan 9 HA seriyasidagi uskunalari yuqori foydali ish koeffisiyentiga ega ekani bilan Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan. «Toshkent IES» bug‘-gaz qurilmasi negizidagi yangi texnologiyalar ham ana shunday yuqori samaradorlikka ega bo‘lishiga ishonamiz.

– "O‘zbekenergo» bilan General Electric o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida nima deya olasiz?

– O‘tgan yilning sentyabr oyida «O‘zbekenergo» AJ rahbariyati bilan General Electric kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy direktori Bela Ferensi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida «O‘zbekenergo» AJning quvvati 450—650 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasini qo‘shimcha o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida General Electric prezidenti va bosh ijrochi direktori Ron Polletning mamlakatimizga tashrifi doirasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga oid qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, kelgusida «Toshkent IES»da quvvati 660 MVtga teng GE H toifadagi turbinalar asosida bug‘-gaz qurilmasi bunyod etiladi.

– «O‘zbekenergo» jahonning yirik muqobil energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Sky Power Global bilan ham aloqa o‘rnatgan. Ayni hamkorlik mamlakatimizda quyosh energiyasini ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yishda munosib qadam bo‘la oladimi?

– Diyorimizda yilning o‘rtacha 320 kuni quyoshli ekanini inobatga olsak, mamlakatimiz quyosh energetikasidan foydalanish bo‘yicha katta salohiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda quyosh energiyasidan foydalanish orqali 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng quvvat ishlab chiqarilishi mumkin.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida quyosh energetikasi imkoniyatlarini o‘zlashtirishga qaratilgan texnologik bazalarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, tashkilotimiz bilan Sky Power Global kompaniyasi o‘rtasida 2018 yilning 19 aprelida «Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida» imzolangan bitim ham ana shu jarayon mahsulidir.

Ushbu bitimga muvofiq Sky Power Global kompaniyasi «O‘zbekistonda umumiy quvvati 1000 MVtga teng fotoelektrik quyosh energiyasi stansiyasi ob’ektlarini loyihalashtirish, moliyalashtirish, bunyod etish, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish» loyihasini amalga oshirish uchun 1,3 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qiladi. Natijada yaqin 4 yilda mamlakatimizdagi yirik fotoelektr stansiyalari soni sezilarli ortadi.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi, Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuvlar yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish bilan birga, energetika sohasida hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini yaratdi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu eronliklar Navro‘zni xotirjam nishonlashi uchun Larijoniyni o‘ldirganini aytdi

“Ўтган 24 соат ичида биз ушбу мустабид тузумнинг энг юқори бўғинидаги иккита террорчи етакчисини йўқ қилдик. Бизнинг самолётларимиз террорчи гумашталарга бевосита ерда, чоррахаларда ва шаҳар майдонларида зарба бермоқда.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

“U dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi”

Унинг таъкидлашича, Ларижоний Москва ва Теҳрон ўртасидаги стратегик ҳамкорликни мустаҳкамлашга катта ҳисса қўшган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga qaytdi, ayni damda IIVda guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda

Ташиевнинг ҳозирги тергов ҳаракатлари доирасидаги процессуал мақоми ҳам номаълум.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Афғонистон расмийларининг маълумоти бўйича камида 400 киши ҳалок бўлган ва тахминан 250 киши яраланган.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.

Tramp: «NATO — bu biz»

АҚШ президенти Дональд Трампнинг айтишича, НАТОнинг асосий кучи АҚШ ҳисобланади.

Jizzaxda direktor bilan til biriktirgan tezkor vakil ushlandi

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг (ИЖҚКД) катта тезкор вакилига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.