Shols «Shimoliy oqim»dagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishga yordam bermoqda

Shols «Shimoliy oqim»dagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishga yordam bermoqda

Kuzdan beri Germaniya kansleri Olaf Shols «Shimoliy oqim»dagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishga yordam bermoqda, dedi amerikalik publisist Seymur Xersh.

Avvalroq Xersh o‘z maqolasida 2022 yil iyun oyida norvegiyalik mutaxassislar ko‘magida AQSh dengiz floti g‘avvoslari tomonidan Baltops mashqlari ostida gaz quvurlari ostiga portlovchi moslamalar o‘rnatilganini ta’kidlagan edi.

Xershning so‘zlariga ko‘ra, operasiyani o‘tkazish to‘g‘risida qaror Bayden tomonidan milliy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi ma’muriyat vakillari bilan muhokamadan so‘ng qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!