Shols Janubiy Koreya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shols Janubiy Koreya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Janubiy Koreya poytaxti Seulda yuz bergan ommaviy tiqilinch munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Seuldagi fojiali voqealardan qattiq hayratda qoldim”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya ushbu qayg‘uli kunda Janubiy Koreya bilan birga.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 151 kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!