Shohid Tillaboyev O‘zbekiston boks federasiyasining ijrochi direktori etib tayinlandi

Shohid Tillaboyev O‘zbekiston boks federasiyasining ijrochi direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston boks federasiyasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston boks federasiyasida xalqaro bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan Tillaboyev Shohid Gapparjanovich federasiyaning ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, SH.Tillaboyev sport sohasida yetarli tajribaga ega. Bungacha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida, shuningdek futbol klublarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2019 yildan buyon O‘zbekiston boks federasiyasida mehnat qilib kelayotgan mutaxassis ayni paytda Xalqaro boks federasiyasi musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasi, shuningdek Osiyo boks konfederasiyasida musobaqalar o‘tkazish komissiyasi a’zosi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!