Shimoliy va Janubiy Koreya 2032 yilgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berishga kelishib oldi

Shimoliy va Janubiy Koreya 2032 yilgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berishga kelishib oldi

KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2032 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berishga kelishib oldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

2019 yilning fevral oyida ikki mamlakat sport vazirlari va Olimpiya qo‘mitalari rahbarlari arizani topshirish uchun Lozannadagi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bosh qarorgohiga tashrif buyurishi kerak.

Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, bu ishni yanvar oyida amalga oshirish rejalashtirilgan edi, biroq Shimol grafikni darhol tasdiqlay olmagan, XOQ prezidenti Tomas Bax esa ikki mamlakat vakillari Lozannaga 15 fevralda tashrif buyurishini so‘ragan.Tokioda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlardan boshlab ikki mamlakat «Yagona Koreya» bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi. Bu ish Pxyonchxan—2018 va Afina—2004 o‘yinlarida amalga oshirilgan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!