Shimoliy Koreyada telefondan yashirincha foydalanganlar qatl qilindi

Shimoliy Koreyada telefondan yashirincha foydalanganlar qatl qilindi

KXDRda Janubiy Koreyadagi qarindoshlari bilan aloqada bo‘lib turish uchun Xitoy mobil aloqa tarmoqlaridan foydalanayotgan fuqarolar ta’qib qilinmoqda, deb yozadi Mirror nashri.

Nashrning ma’lumot berishicha, Shimoliy Koreyada tashqi olam bilan muloqot qilish uchun mobil aloqadan yashirincha foydalangan o‘n kishi qatl qilingan.

Xabarga ko‘ra, mamlakat hukumati va maxfiy polisiya mart oyida yashirincha kuzatish orqali yangi kampaniyani boshlaganidan so‘ng 150 nafarga yaqin fuqaro hibsga olingan.

Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, reydlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!