Shimoliy Kiprda yashovchi turkmanlar Turkmaniston rahbarining iste’fosini talab qilmoqda

Shimoliy Kiprda yashovchi turkmanlar Turkmaniston rahbarining iste’fosini talab qilmoqda

Shimoliy Kiprda yashovchi turkmanlar norozilik aksiyasini uyushtirdi. Ular Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov iste’foga chiqarilishini, mamlakatda muhojirlar huquqlari hurmat qilinishi, so‘z erkinligi, internetda senzura olib tashlanishi va hokazolarni talab qilmoqda.
«Xronika Turkmenistana» nashri muxbirlarining yozishicha, norozilik aksiyalarida 50 nafardan ortiq turkman millatiga mansub fuqarolar ishtirok etgan. Bundan tashqari, ularga mahalliy aholi vakillari ham kelib qo‘shilgan.
—  Turkmanistonda ochlik kuchaygandan kuchaymoqda, — dedi norozilik aksiya ishtirokchilaridan biri. — Turkmaniston xalqi kundan-kunga qashshoqlashib bormoqda. Hukumat rahbarlari esa bularning barchasiga ko‘z yummoqda, har qanday ko‘rinishdagi noroziliklarni kuch bilan bostirishga urinmoqda...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!