SHHTga a’zo davlatlar talabalari uchun "Xitoy ko‘prigi" bahorgi lageri ochildi

SHHTga a’zo davlatlar talabalari uchun "Xitoy ko‘prigi" bahorgi lageri ochildi

Xitoyning Urumchi shahridagi Shinjon pedagogika universitetida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo mamlakatlardan kelgan yosh talabalar uchun 2024 yilgi "Xitoy ko‘prigi" bahorgi lagerining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xitoy chet tillari almashinuvi va hamkorlik markazi, ta’lim vazirligi, viloyat ta’limi boshqarmasi, Shinjon pedagogika universiteti va boshqa universitetlar hamkorligida tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat, vazirlik va idoralar rahbarlari, SHHTga a’zo mamlakatlar elchixonalari vakillari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi SHHT mamlakatlari talabalari o‘rtasida Xitoy tili va madaniyatini tushunish hamda ushbu mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari va Shinjon pedagogika universiteti prezidenti U Manszyan Ay Li "Universitetimiz SHHT mamlakatlari uchun bahorgi oromgohni ochilish marosimini o‘tkazishdan juda mamnun. Yaqin kunlarda bu yerda ishtirok etayotgan yosh talabalar mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish uchun ko‘proq amaliyot va tadbirlarni o‘tkazadilar", deya ta’kidladi.

Yig‘ilganlar e’tiboriga SHHT mamlakatlarining madaniyati, san’ati, kuy-qo‘shiqlari va raqslaridan namunalar namoyish etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!