SHHT hukumat rahbarlari uchrashuvida 14 ta turli hujjatlar imzolandi

SHHT hukumat rahbarlari uchrashuvida 14 ta turli hujjatlar imzolandi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi yakuniga ko‘ra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.

Delegasiya rahbarlari Kengash yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra SHHT a’zo davlatlarining 2035 yilgacha davrga mo‘ljallangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy dasturi yangi tahriri, SHHTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha dasturini amalga oshirish rejasi va temir yo‘l ma’muriyatlarining o‘zaro hamkorlik konsepsiyasini imzolashdi. Jami 14 ta turli hujjatlarga imzo chekildi.

O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va tadbirni yakunladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!