Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi:

«Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlarimiz jadid bobolarimizning ezgu g‘oya va dasturlariga har jihatdan uyg‘un va hamohangdir.

Shu bois, xalqimiz ozodligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish hamda targ‘ib etishga alohida e’tibor berilmoqda.

Yurtimizda ushbu yo‘nalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilinib, har yili 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanmoqda».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!