Shavkat Mirziyoyev: "Sabr-toqatli xalqimizga, jonbozlik ko‘rsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildi

Shavkat Mirziyoyev: "Sabr-toqatli xalqimizga, jonbozlik ko‘rsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildi

Shavkat Mirziyoyev kechagi elektr energiya ta’minoti uzilishi bo‘yicha munosabat bildirdi.

"...Biz bugungi kunda global dunyoda yashamoqdamiz. Global olamda hamma narsa bir-biriga bog‘liq. Har bir odamning hayoti butun insoniyat hayoti bilan yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Olis-yaqin hududlarda yuz berayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, texnogen ofatlar bizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

Mana kuni kecha elektr ta’minoti bo‘yicha sodir bo‘lgan texnik uzilish bir zumda butun mintaqa hayotida kuchli aks-sado berganiga barchamiz guvoh bo‘ldik.

Bu avariyadan o‘sha zahotiyoq xabar topib, darhol Hukumat komissiyasini tuzishga topshiriq berdim. Komissiya tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni shaxsan nazoratimga oldim.

Shu bilan birga, bunday holatda xalqimiz ham vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Fursatdan foydalanib, avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, ushbu vaziyatni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu hodisadan to‘g‘ri xulosa qilib, biz O‘zbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada bog‘liq holda ko‘rishimiz kerak. Bu boradagi mavjud tahdid va muammolarni bartaraf etishga doimo tayyor turishimiz kerak.

Tinch-osoyishta hayot osmondan tushmaydi. Bu hayotni qadrlash, asrab-avaylash, bu hayotni himoya qilish kerak", - dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!