Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar. Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy kengashga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14 - 15 oktyabr kunlari Bokuda Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ushbu tashkilotning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Kengash sammitida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegasiyalari ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!