O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida Yevropa Ittifoqining yuqori darajali vakili davlatimiz rahbariga Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshtaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uni izchil kengaytirish uchun katta imkoniyat va salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va EI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimning tez fursatda imzolanishi ham bunga xizmat qiladi.
Transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
O‘ta muhim mineral resurslarni qayta ishlash sohasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - YEI" birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish hamda o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Путин Трампнинг Россия ва Украина энергетик инфратузилмасига зарба бермаслик бўйича 30 кунлик ўзаро келишув ғоясини қўллаб-қувватлади ва бу бўйича ҳарбийларга тегишли буйруқ берди.
Фазодаги тўққиз ойлик саргузаштдан сўнг, NASA астронавтлари Бутч Уилмор ва Суни Уилямс ниҳоят уйга қайтишмоқда. Улар Халқаро космик станцияда 8 кун ўрнига 9 ой қолиб кетишганди. Ҳаммасига техник носозликлар айбдор.
«Манчестер Сити» ва Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов Transfermarkt портали томонидан 21 ёшгача бўлган энг истеъдодли 50 футболчи қаторига киритилди, деб хабар беради Sports.kz.
18 март куни АҚШ раҳбари Доналд Трамп ва Россия президенти Владимир Путин ўзаро телефон мулоқоти ўтказди. ОАВда уларнинг икки соатдан ошиқ давом этган суҳбатининг айрим тафсилотлари пайдо бўлди.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.