Sharof Rashidov tumanida sifatsiz yog‘ mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Sharof Rashidov tumanida sifatsiz yog‘ mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.” MCHJ mas’ul shaxslari “Toqchilik” MFY hududida joylashgan noturar binoda yashirin sex tashkil etib, ushbu sexda iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, 40,6 tonna chigit, 1 030 litr qo‘lbola yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!