Shahrixon tumani hokimi soxta hujjatlar bilan deputat bo‘lganmi? Oliy sud ma’lumot berdi

Shahrixon tumani hokimi soxta hujjatlar bilan deputat bo‘lganmi? Oliy sud ma’lumot berdi

Oliy sud Facebook ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchi Nodirbek Xojimatov tomonidan e’lon qilingan bildirish yuzasidan ma’lumot berdi.

Arizachi N. Rahimov Nodirbek Shahrixon tuman ma’muriy sudiga shikoyat ariza bilan murojaat qilib javobgar Shahrixon tuman 26-“Segaza” saylov okrugi saylov komissiyasiga nisbatan, Shahrixon tuman 26-“Segaza” saylov okrugi saylov komissiyasining saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi 2019 yil 22 dekabr kungi bayonnomasiga saylovchilarning ovozlar sonini noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘ragan.

Mazkur ish Shahrixon tuman ma’muriy sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilib, 2020 yil 24 yanvardagi hal qiluv qarori bilan arizachi N. Rahimovning arizasi rad qilingan.

Shahrixon tuman ma’muriy sudining 2020 yil 24 yanvardagi xal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, arizachi N. Rahimov hamda mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Shahrixon tuman kengashi raisi Q. Sarimsaqov Andijon viloyat sudining kassasiya instansiyasiga shikoyat keltirib, shikoyatida Shahrixon tuman ma’muriy sudining 2020 yil 24 yanvardagi hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘ragan.

Andijon viloyat ma’muriy sudi kassasiya instansiyasi sudining 2020 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan Shahrixon tuman ma’muriy sudining 2020 yil 24 yanvardagi xal qiluv qarori bekor qilinib, ma’muriy ishni yangidan ko‘rish uchun Marhamat tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Arizachi N. Rahimov hamda mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchunchi shaxs Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Shahrixon tuman kengashi raisi Q. Sarimsaqov tomonidan keltirilgan kassasiya tartibidagi shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan.

Marhamat tuman ma’muriy sudining raisi A. Alijonov betobligi sababli Marhamat tuman ma’muriy sudining raisi vazifasini bajaruvchi etib Jalaquduq tuman ma’muriy sudining raisi B. Abdunazarov tayinlanganligi bois ushbu ma’muriy ish Jalaquduq tuman ma’muriy sudining ish yurituviga qabul qilingan.

Arizachi N. Rahimovni javobgar Shahrixon tuman 26-“Segaza” saylov okrugi saylov komissiyasiga nisbatan Shahrixon tuman 26-“Segaza” saylov okrugi saylov komissiyasining saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi 2019 yil 22 dekabr kungi bayonnomasiga saylovchilarning ovozlar sonini noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish haqidagi shikoyat arizasi yuzasidan sud majlisi 2020 yil 5 oktyabr kuniga tayinlanganligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!