Seysmolog olim Turkiyadagi zilzilani uch kun oldin bashorat qilgan
Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko‘plab vayrongarchiliklarni va qurbonlarni olib keldi.
Ayni paytda ma’lum bo‘lishicha ushbu yuqori ballik zilzila haqida avvalroq prognoz qilingan. Jumladan, niderland seysmolog olimi Frank Hogerbits o‘zining tvitter sahifasida Turkiyaning janubi-sharqi, unga qo‘shni Suriya, Iordaniya va Livan bilan chegaradosh hududlarida yaqin kunlarda 7.5 magnitudalik kuchli zilzila bo‘lishini voqeadan uch kun oldin prognoz qilgan.
Turkiyadagi bugungi silkinishlar xaritasi e’lon qilindi. Amerikalik olimlarning fikricha, eng katta magnituda 7,8 ni tashkil qilgan. 30 ga yaqin yerosti silkinishlari qayd etilgan.