Seyshel orollarida mashinada qolgan o‘g‘lining o‘limi uchun rossiyalik sudlangan

Seyshel orollarida mashinada qolgan o‘g‘lining o‘limi uchun rossiyalik sudlangan

Seyshel orollari sudi kichik o‘g‘lini mashinada quyoshda qoldirib ketgan va bola gipertermiyadan vafot etgan Rossiya fuqarosini 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Bu haqda Rossiyaning Seyshel orollaridagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

"Biz Rossiyadan orolga dam olish uchun kelgan oila bilan sodir bo‘lgan voqeani tasdiqlaymiz", dedi u.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin olti oylik farzandi bilan Seyshel orollariga ikki haftalik ta’tilga kelgan. Bayram paytida ota-onalar bolani mashinada quyosh ostida qoldirib ketishgan. Bola tanasining haddan tashqari qizishi natijasida vafot etgan.

Sud bolaning o‘limini zo‘ravonlik deb qabul qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!