So‘nggi vaqtlarda estrada xonandalarining ijod namunalaridan tortib tadbirkorlarning mahsulotlarini huquqbuzarlardan himoya qilishda sezilarli immunitet shakllanayotganini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda aytish kerak, Intellektual mulk agentligi tomonidan respublikamizdagi barcha telekanallarning ma’muriyatiga mualliflik huquqlariga qat’iy amal qilish kerakligi, bunday huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda ularga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik holatlari yuzaga kelishi haqida ogohlantirish berilgan.
Intellektual mulk agentligi xodimi Dilfuza Ismoilovaning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, agentlikka “SH.M.M” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Sevimli telekanalida “Nomus kuchi” nomli badiiy filmdan muallifning roziligisiz hamda tegishli shartnoma rasmiylashtirilmagan holda foydalanganlik holati bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi. Ushbu murojaat Agentlik tomonidan o‘rganib chiqilib, aniqlangan huquqbuzarlik holati bo‘yicha Jinoyat sudiga bayonnoma kiritildi. Shundan so‘ng Ma’muriy javobgarlikka tortish va yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha masalalar sud tomonidan hal etiladi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 1 iyulda “Nomus kuchi” nomli badiiy filmining muallifi badiiy filmdan foydalanish bo‘yicha mutlaq mulkiy huquqni “SH.M.M” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o‘tkazib bergan. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra audiovizual asarlar mualliflik huquqi ob’ektlaridan biri hisoblanadi.
Vaholangki, “Nomus kuchi” badiiy filmi 2020 yil 13 noyabrda efirga uzatilgan bo‘lib, ushbu davrda huquq egasi bilan audiovizual asardan foydalanish bo‘yicha rozilik olinmagan va hech qanday shartnoma rasmiylashtirilmagan.
Shu o‘rinda, agar sizning o‘z ijod namunangizga oid kino asarlar, ko‘rsatuvlar sizning ruxsatingizsiz hech qanday shartnoma rasmiylashtirilmagan yoki asaringiz butunligi buzilgan (ayrim qismlari olib tashlangan) holda telekanallar orqali ommaga namoyish etilgan taqdirda Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishingizni va huquqlaringizni o‘z vaqtida tiklashingizni eslatib o‘tamiz.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.