Sergelida kuchli chaqnash va yong‘in: jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelindi

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ushbu yong‘in oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyat filialiga olib kelingan.
Hozirga qadar ular orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda shifokorlar tomonidan jabrlanganlarga barcha kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Davolash muassasalarida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokorlarimiz va barcha zarur dori-darmon zahirasi yaratilgan. Yong‘in oqibatida voqea joyi va uning atrofidagi xonadonlarda jarohatlanganlarga ham shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.