Serdar Berdimuhamedov Toshkentda (FOTO)

Serdar Berdimuhamedov Toshkentda (FOTO)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14 iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

Samimiy uchrashuvdan so‘ng birodar mamlakat delegasiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yechimlari hamda kompozisiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlarning ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!