Sardor Umurzakov oyog‘i yerdan uzilgan va maishatboz rahbarlarni tanqid qildi

Sardor Umurzakov oyog‘i yerdan uzilgan va maishatboz rahbarlarni tanqid qildi

Prezident administrasiyasi rahbari yig‘ilishni juda keskin o‘tkazmoqda

«O‘rganishlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyog‘i yerdan uzilib qolgan.

Ba’zi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas’ul rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketganlar», - dedi Administrasiya rahbari.

Shuningdek, «Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatchilik ko‘rib-bilib turibdi. Jamiyat uyg‘ongan, jamoatchilik nazorati kuchaygan bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.

Hurmatli Prezidentimiz yuksak ishonch bildirib aytgan “Hokimlar mening vakilim” degan so‘zlarini suiiste’mol qilib, bunday sharafli mas’uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun o‘tkazayotgan mas’ul shaxslarni kim deb atash mumkin?», - dedi Administrasiya rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!